Marsga hujum
The author: Rey Bredberi
Language: O'zbek
Writing: Lotin
Publisher: Kamalak-press
Publication year: 2016
Number of views: 361
Rey Bredberi (1920–2012) mumtoz adabiyot vakili emas. Lekin oʻz yoʻnalishi – fantastikada mumtoz sanaladi. Fentezi, hikoyat va ertak janrlarida ham barakali ijod qilgan. Adib bir qancha romanlar, yuzlab hikoyalar, oʻnlab pyesalar, maqolalar, sheʼrlar – jami sakkiz yuzdan ortiq adabiy asar muallifi. Uning yozganlari asosida bir qancha filmlar, sahna va musiqa asarlari yaratilgan. Rey Bredberi ilmiy fantastika va fentezi janrini ommalashtirdi.