Kutubxona Tarixi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi toʻgʻrisida
Ma’lumot
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi toʻgʻrisida
Ma’lumot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot –kutubxona xizmati koʻrsatishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4354-sonli hamda viloyat xokimining 2019-yil 11-iyunda 226-sonli qarorlari asosida tuman xokimining 2019-yil 13-iyunda 994-sonli qarori tasdiqlanib Sharof Rashidov tuman Axborot- kutubxona markazi tashkil qilindi.
2020-yil oyida Sharof Rashidov tuman Qishloq xo’jaligi kasb-hunar kollejidan 5ta xona ajratildi. Axborot-kutubxona xodimlari 4-yanvardan ish boshladi. Hozirda kutubxonada 17 nafar ishchi xodim ishlaydi. Axborot-kutubxona markaziga Adilova Risolat Xasanovna rahbarlik qilib kelmoqda.
Axborot-kutubxona markaziga Sharof Rashidov tuman sanoat va servis kollejidan 12000-dona, Axborot resurs markazidan jami 2.500-dona, Kampyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 1800-dona, Sanoat kasb-hunar kolleji 345-dona, Maishiy xizmat va iqtisodiy kasb-hunar kolleji 2346-dona, Transport va sanoat kolleji 1512-dona kitoblar olib kelindi.
Axborot-kutubxona markazini targ’ib qilish maqsadida tumandagi xalq ta’limi tizimidagi 60 ta maktab, markazdagi mahalla fuqarolar Yig’inlari, Soliq inspeksiyasi, Bandlikka ko’maklashish markazi, Maktabgacha ta’lim muassasalari, va aholi o’rtasida hamda tumanda tashkil qilingan barcha tadbirlarda targ’ibot ishlari olib borildi.Tumandagi barcha e’tibor tortadigan markazlarga reklama e’lonlarni tarqatildi.
Yangi tashkil qilingan axborot-kutubxona markaziga barcha xodimlarni 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilishdi. Kadrlarni kutubxona sohasida o’qigan, kutubxonada ishlagan, kompyuter savodxonligiga ega bo’lganlar tanlab olindi. Kutubxona ish faoliyatini boshlangandan keyin 3 nafar xodim Milliy kutubxonada malaka oshirish uchun borib keldi. Boshqa xodimlar viloyat Axborot-kutubxona markazidan uslubiy yordam olishdi.
Foydalanuvchilarga xizmat sifatini yaxshilash maqsadida fonddagi kitoblarni ko’rgazma shaklda qulay qilib joylashtirilgan,kitobxon kitobni o’qib undan foydalanish uchun stol va stullar ham mavjud.Yana bir qulaylik bepul online kitob o’qish yo’lga qo’yilgan. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish xodimlari tomonidan shartnoma asosida kitob yetkazib berish yo’lga qo’yilgan.
Axborot-kutubxona markazida bugungi kun kitobxonini talabini qondirish va kitoblar topish bo’yicha ham turli choralar ko’rilmoqda.
2023-yil holatiga Bibliografiya xizmati, Fondlarni to’ldirish saqlash va ishlov berish xizmati, Abonomentlar va Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatlari faoliyat ko’rsatib kelyabdi. Axborot-kutubxona markazining birinchi direktori Adilova Risolat Xasanovna rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda jami kitob fondi 22152 ta, Gazetalar 6 nomda, jami foydalanuvchilar 7312 nafarni tashkil qiladi.