1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sharof Rashidov tumanida "Bolalar -bizning kelajagimiz" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko'rgazmalar, sayllar, sport
musobaqalari o'tkaziladi.
Bolalarni kitobga bo'gan mehrini va qiziqishlarini asrab qolsakgina, ularning samimiylik soddalik, beg'uborlik va to'grilik ularni tark etmaydi. Farzandlarimiz bizning kelajagimiz. Har bir bola sog'lom va baxtli bo'lib voyaga yetsin. Bolalarni himoya qilish kuni muborak bo'lsin
Bolajon, ko'zingda dunyoni ko'rdim.
Beg'ubor yuzingda ziyoni ko'rdim.
Xar qarashingda men xayon ko'rdim
Sen mening umidim aziz bolajon.