1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
Bu qutlug‘ sana ta’lim-tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan aziz ustoz va murabbiylarga chuqur hurmat va ehtirom izhor etish, ularning jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlod kamolotidagi beqiyos o‘rnini ulug‘lash kunidir.
O‘qituvchi yosh avlodga nafaqat puxta bilim beradi, balki ularni odob-axloq, vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalaydi. Murabbiy esa o‘zining boy bilimi, hayotiy tajribasi va samimiy nasihatlari bilan shogirdlarini ezgu maqsadlar sari yetaklaydi.