"1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati" bilan "Ustoz - otangdek ulug' " mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
📚📚Joriy yilning 30-sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari Sharof Rashidov tumani 41-sonli maktabida "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati" bilan
"Ustoz - otangdek ulug' " mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va samimiy tabriklar namoyish etildi. Bayram ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlar bilan o‘tdi.
Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, sharafli va mas’uliyatli kasb faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!