18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!
18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!
📅18-noyabr — xalqimiz hayotida muhim va unutilmas sana. Bundan 35 yil avval, 1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan.
🗓Bayrog‘imizdagi moviy rang — musaffo osmon va hayot manbai bo‘lgan suvni, oq rang — tinchlik va poklikni, yashil rang — tabiat va yangilanishni ifodalaydi. Qizil chiziqlar esa hayotiy kuch va jo‘shqinlik timsolidir. Yarim oy va yulduzlar xalqimizning ezgu orzu-umidlari hamda tarixiy qadriyatlarini aks ettiradi.
📕Davlat bayrog‘imiz har birimizning qalbimizda Vatanga muhabbat, sadoqat va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi!