18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN
18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida qabul qilingan.
BAYROQ RANGLARI VA RAMZLARINING MA’NOSI
Davlat bayrog‘imizdagi ranglar va timsollar xalqimizning tarixiy an’analari, milliy qadriyatlari hamda ezgu intilishlarini o‘zida mujassam etgan.
- Moviy rang — mangu osmon va obihayot, yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqat ramzi.
- Oq rang — poklik, beg‘uborlik, soflik va ezgu orzu-intilishlar timsoli.
- Yashil rang — tabiatning yangilanishi, navqironlik va umid ramzi.
- Qizil chiziqlar — vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
- Yarim oy — mustaqillik va xalqimizning tarixiy an’analari timsoli.
- 12 ta yulduz — qadimiy madaniyatimiz, komillikka intilish va yilning 12 oyi bilan bog‘liq ramziy ma’nolarni ifodalaydi.