Abdulla Qahhorning mashhur “Anor” hikoyasi yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Axborot-kutubxona markazi xodimlari Qaxramon MFY da yashovchi faol kitobxonlar bilan o‘quvchilar ishtirokida yozuvchi Abdulla Qahhorning mashhur “Anor” hikoyasi yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimot davomida asarning mazmuni, undagi hayotiy voqealar hamda insoniy qadriyatlar haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar asar qahramonlari, ularning kechinmalari va asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Taqdimotni asosiy maqsadi yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
📖 Kitob — tafakkur va ma’naviyat manbai