Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan kitobxonlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi.
📚Joriy yilning 10- aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, mohir yozuvchi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan kitobxonlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning boy ijodiy merosi, xususan uning mashhur asarlari — O‘tgan kunlar va Mehrobdan chayon, shuningdek hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar o‘rin oldi. Tashrif buyurgan kitobxonlar yozuvchining asarlari orqali milliy qadriyatlar, sevgi va sadoqat, vatanparvarlik kabi yuksak tuyg‘ularni yanada chuqur his etdilar.
Mazkur ko‘rgazma yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, milliy adabiyotimiz durdonalarini keng targ‘ib qilish hamda adib merosini e’zozlashga xizmat qildi.