✍️Abdurashid Nurmurodov. ⏳O'lim ko'z yosh to'kkanda.
📚Assalomu alaykum aziz kitobxonlar sizlarni “#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz
✍️Abdurashid Nurmurodov.
⏳O'lim ko'z yosh to'kkanda.
🏛Ikkinchi jahon urushida o‘n millionlab odamlar halok bo‘ldi. Muloqotda bu millionlar zalvorini sezmaysiz. Agar ular bir joyga to‘plansa-chi? Unda buncha odamni joylashtirish uchun o‘nlab shaharlar kerak bo‘ladi.
Fashist jallodlari Sovet Ittifoqini xuddi Yevropa davlatlarini ishg‘ol qilganday osongina bosib olamiz deb o‘ylagandi. Ular kutganday bo‘lmadi. Xalq bir mushtga aylandi.
⏳ Bundan talvasaga tushgan fashistlar alamini begunoh xalqdan oldilar: ularni o‘lim lagerlarida gaz bilan bo‘g‘ib o‘ldirdilar, krematoriyalarda yondirdilar.