Abdurauf Fitrat asarlariga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 16-fevral kuni tumandagi yoshlar kutubxonasida Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona xodimlar, Abdurauf Fitrat asarlariga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida adibning hayoti, ijodiy faoliyati hamda jadidchilik harakatidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga Fitratning millat ravnaqi, ilm-ma’rifat va ozodlik g‘oyalarini targ‘ib etgan asarlari haqida tushunchalar berilib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish yanada oshirildi.