✍️ Alisher Navoiy. 📗 Hayrat ul – abror.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy << Xamsa >>sining birinchi dostoni <<Hayrat ul-abror >> ( << Yaxshilar hayrati >>) beshlik yaratish an’analari asosida yaratilgan falsafiy ruhdagi asar bo’lib, unda muallifning hayot va insoniyat, davr va zamonlar, mashhur tarixiy shaxslar, saltanatlar va vorislik, komil insonlar to’g’risidagi qarashlari o’z ifodasini topgan.