#Alisher_Navoiy_tavalludining_585_yilligi
Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Alisher Navoiyning bebaho ma’naviy va adabiy merosini chuqur o‘rganish, uning insonparvarlik, adolat va ezgulik g‘oyalarini hayotimizga tatbiq etish har bir avlodning muqaddas burchidir.
🏛 Shu munosabat bilan Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy asarlari yuzasidan Davra suhbati tashkil qilindi.