#Alisher_Navoiy_tavalludining_585_yilligi
Bugun buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Alisher Navoiyning bebaho ma’naviy va adabiy merosini chuqur o‘rganish, uning insonparvarlik, adolat va ezgulik g‘oyalarini hayotimizga tatbiq etish har bir avlodning muqaddas burchidir.
🏛 Shu munosabat bilan Sharof Rashidov tuman hokimligi tomonidan Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gullar qo‘yildi.
Tadbirda nuroniylar, o‘qituvchilar, Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, Alisher Navoiyning boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkur taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.