"Amir Temur merosi-avlodlarga ibrat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
📚📚 Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Yoshlar texnologiyalar markazida "Amir Temur merosi-avlodlarga ibrat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, mamlakat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari, adolat va bunyodkorlik g‘oyalari haqida fikr yuritildi. Kitobxonlar buyuk ajdodimizning hayot yo‘li va ibratli faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va suhbat davomida kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmadan Amir Temurning hayoti va faoliyati, harbiy yurishlari hamda davlat boshqaruviga oid kitoblar o‘rin oldi.
Bunday davra suhbatlari yoshlarning tarixiy bilimlarini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.