"Anvar Obidjonning" "Kichkintoylar quvonchi" kitob taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 12-mart kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi "Anvar Obidjonning" "Kichkintoylar quvonchi" kitob taqdimoti tashkil etildi. Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, undagi asosiy g‘oyalar hamda qahramonlar hayoti haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Taqdimot jarayonida o‘quvchilar faol qatnashib, asar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar, savollarga javob berdilar va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Taqdimot samimiy va mazmunli ruhda o‘tdi.
📖 Kitob o‘qigan inson — ma’naviy boy inson!