✍️ Asqad Muxtor 📚 Kumush tola
📚Assalomu alaykum aziz kitobxonlar sizlarni “#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz
✍️ Asqad Muxtor
📚 Kumush tola
Qo'lingizdagi kitob "Kumush tola" qissasi bilan o'zbek qissanavisligida yangi sahifa ochdi. Asarni o'qir ekansiz adibning ham tarixiy ham zamonaviy ham maishiy ham falsafiy ham detektiv syujetlarni o'zaro uyg'unlashtirib bir asar ko'rinishida yozganiga guvoh bo'lasiz.
Asar asosiy voqealari ikkinchi jahon urushi davrida kumush tola-pillachilik bilan shug'ullanuvchi qishloqda yuz beradi. Ishga yaroqli erkaklar urushda. Asarning asosiy qahramonining turmush o'rtog'i ham to'yning ertasigayoq frontga ketadi..Nachora qishloqdagi hamma ish ayollar yosh bolalar va keksalarga qoladi.Adib bu asarda ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrda xalqimizni chekkan azob-uqubatlarini falsafiy o'y-mushohadalar bilan yorqin bo'yoqlarda tasvirlaydi.
