“Asrga tatigulik kun” romani ma’naviy-ruhiy poklanish pallasida insonga o‘z-o‘zini anglash darsidan saboq berishi, shubhasiz. Roman qahramonlari siz-u biz, voqealar esa o‘tmishimiz va bugunimizdir.
👤 Muallif: Chingiz Aytmatov
🧲 Janr: Roman
♻️ Treklar soni: 7 ta
Yozuvchi Chingiz Aytmatov barcha asarlarida bo‘lgani kabi, mazkur asarida ham o‘z usul an’anasiga sodiq holda muayyan hayotiy voqealar tasvirini rivoyatlar fonida tasvirlaganki, asarni o‘qiganimizda, hayot turmush tasviri qayerdan boshlanadi-yu, hayratomuz taxayyul ramzlari, fantastika qayerda tugashini bilmay qolamiz. Adibning “Asrga tatigulik kun” romani ma’naviy-ruhiy poklanish pallasida insonga o‘z-o‘zini anglash darsidan saboq berishi, shubhasiz. Roman qahramonlari siz-u biz, voqealar esa o‘tmishimiz va bugunimizdir.