Axborot-kutubxona markazida kutubxona mutaxassislari o‘rtasida bilim va kasbiy tajribani oshirish maqsadida savol-javob tadbiri tashkil etildi.
📚Joriy yilning 20-noyabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazida kutubxona mutaxassislari o‘rtasida bilim va kasbiy tajribani oshirish maqsadida savol-javob tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislarga axborot-kutubxona faoliyati, kutubxona xizmatlarini tashkil etish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, elektron kataloglardan foydalanish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha savollar berildi.
Ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalari asosida savollarga javob berib, o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar.
Mazkur tadbir mutaxassislarning kasbiy bilimlarini mustahkamlash, bilim saviyasini oshirish hamda jamoada o‘zaro tajriba almashish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.
Bilim va izlanish — kasbiy mahoratning asosidir! 📚
