“Axborot-kutubxona resurslarini raqamlashtirish, qayta ishlash va qidiruv texnologiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
📃Joriy yilning 17-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazida Zoom platformasi orqali O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Axborot-kutubxona resurslarini raqamlashtirish, qayta ishlash va qidiruv texnologiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
📃Seminarda Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati bibliograflari ishtirok etdilar. Seminar davomida sun'iy intellekt (ChatGPT) yordamida bibliografik tavsiflarni takomillashtirish, maqolalarni xronologik tartiblash, UÖK indekslarini tahlil qilish, annotatsiyalarni tahrirlash, dublet yozuvlarni aniqlash hamda bibliografik ko'rsatkichlarni tuzish imkoniyatlari amaliy misollar asosida yoritib berildi.