Aziz va mo‘tabar ustoz hamda murabbiylar!
Aziz va mo‘tabar ustoz hamda murabbiylar!
Sizlarning mashaqqatli, sharafli va fidokorona mehnatingiz, mehringiz hamda bergan bilimlaringiz kelajak avlod taqdirida, yurtimiz ravnaqida va jamiyatimiz taraqqiyotida o‘zining yorqin aksini topadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, cheksiz baxt, ijodiy ilhom va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Shogirdlaringizning har bir yutug‘i qalbingizga faxr va quvonch bag‘ishlasin, ezgu mehnatingiz doimo e’zoz va minnatdorlik bilan qadrlansin!