Bagʻrikenglik haftaligi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda "Bagʻrikenglik haftaligi" yuqori saviyada va baland ruhda oʻtkazilmoqda. 11-16-noyabr kunlari mamlakatimiz boʻylab oʻtkaziladigan "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida tuman axborot-kutubxona markazlarida millatlar oʻrtasidagi totuvlikni asrashga oid turli tadbirlar "Milliy an'ana va udumlar" nomli kitob koʻrgazmalari, videoroliklar, kitoblar taqdimotlari, musiqiy tadbirlar va sherxonlik kechalari tashkil etish rejalashtirilgan. Joriy yilning 16-noyabr kuni "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Sh.Rashidov tumani 23-maktabgacha va maktab ta'limi hamkorligida o’quvchilarga "Bagʻrikenglik" haqida davra suhbati bo’lib o’tdi hamda oʻquvchilarga roliklar namoyish etildi.