"Bahor keldi seni so‘roqlab" deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 28-fevral kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, taniqli shoira Zulfiya tavalludi munosabati bilan "Bahor keldi seni so‘roqlab" deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada shoira hayoti va ijodini yorituvchi asarlar, she’riy to‘plamlar hamda adabiyotshunoslar tomonidan yozilgan manbalar o‘rin oldi.