"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Mushoira" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
2022 yil 17 may kuni Sharof Rashidov tumani Axborot kutubxona markazi , Sharof Rashidov tumani Yoshlar ishlari agentligi hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Mushoira" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 4 ta sektorlardan saralangan ijodkor yoshlar ishtirok etishdi. Tanlov yakunida g'oliblar taqdirlandi va viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.