“ Bir adib bilan suhbat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 15-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida Kitobxonlik haftaligi munosabati bilan “ Bir adib bilan suhbat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat bugun ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib unda tumanimizning iste’dodli yozuvchi Ergash Boboev mehmon sifatida ishtirok etdi
Davra suhbatida o‘quvchilar faol qatnashib adibning ijodi hayot yo‘li hamda yaratgan asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga shoirdan samimiy va mazmunli javoblar olindi.
Suhbat davomida kitobxonlikning ahamiyati yosh avlodni mutolaaga jalb etish masalalari muhokama qilinib, bunday uchrashuvlar o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi ta’kidlandi.
Davra suhbati barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.


