📌 Biroz e’tiborli bo‘lsangiz kifoya
📌 Biroz e’tiborli bo‘lsangiz kifoya
Genri Ford shirkatidagi katta bir lavozimga nomzod bo‘lgan ikki kishi bilan birga ovqatlandi. Nomzodlarning ikkalasi ham bitta univesitetni bitirgan edi. Ikkovining ham ish tajribasi deyarli bir xil edi. Ular ovqatlanib bo‘lgach, birga oshxonadan chiqishdi. Genri Ford ulardan biriga ertadan kelib ishni boshlashi mumkinligini, boshqasiga esa uzr aytib, uni o‘z komandasiga ololmasligini aytdi. Shunda ishga olinmagan yigit jur’atini to‘plab so‘radi:
- Uzr so‘rayman, bitta savol so‘rasam bo‘ladimi?
- Marhamat!
- Biz ovqatlanish paytida muhandislik haqida, avtomobil haqida yoki universitet haqida gaplashmadik. Umumiy gaplarni gaplashdik xolos. Do‘stimni ishga olib meni ishga olmaganingizga sabab nima?
Genri Ford dedi:
- Buning ikkita sababi bor:
Birinchisi, do‘sting go‘sht bo‘lagini totib ko‘rib so‘ngra tuz sepdi.
