“Biz Vatan kelajagimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚📚Joriy yilning 3-noyabr Sharof Rashidov tumanidagi 61-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida “Biz Vatan kelajagimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, milliy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz merosiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan kitoblar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun o‘quvchilar o‘rtasida turli sport o‘yinlari tashkil etildi. O‘quvchilar o‘zlarini chaqqonligi epchilligi va jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Shuningdek Vatan tinchligi ona yurtga muhabbat mavzularida rang-barang rasmlar chizib o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar.
