"Bo'ron bolalari" kitobi taqdimoti o'tkazildi.
Joriy yilning 12-mart kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar qalbida kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirish maqsadida tumandagi 31-maktab o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi kitob taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida "Bo'ron bolalari" kitob mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilib, qahramonlar obrazlari, asarning tarbiyaviy ahamiyati hamda yoshlar hayotidagi o‘rni haqida suhbat olib borildi.
O‘quvchilar kitob yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, savol-javoblar orqali faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
📖 Kitob — ma'naviyat manbai!