“Bobur – buyuk siymo va adabiy meros sohibi” nomli davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 13-fevral kuni buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Bobur – buyuk siymo va adabiy meros sohibi” nomli davra suhbati o'tkazildi.
O‘quvchilarga Boburning murakkab va ibratli hayot yo‘li, uning ilmga chanqoqligi, Vatanga muhabbati hamda yuksak insoniy fazilatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Boburning boy adabiy merosi, asarining tarixiy va badiiy ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Davra suhbatida o‘quvchilar tomonidan Bobur g‘azallaridan namunalar ifodali o‘qildi, uning hayoti aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.