✍️ Boqiy Mirzo. 📚 "Tillafurush-1"
📚Assalomu alaykum aziz kitobxonlar sizlarni “#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz.
"Tillafurush" romani yozuvchi Boqiy Mirzoning birinchi yirik nashriy asari sifatida "Begoyim" gazetasida bosilgandan keyin muxlislari yanada ko'paydi. Sababi asar hayotiy voqealar asosiga qurilgan. Boylik tufayli ikki ayol o'rtasida paydo bo'lgan nizo va dushmanlikni tasvirlar ekan, muallif hayotiylikdan chekinmaydi, boylikka ruju qo'yish oqibatlari, inson fe'lida paydo bo'lgan salbiy o'zgarishlarni mustahkam axloqiy me'yorlarga tayangan holda tahlil qiladi. Xulosa chiqarishni esa kitobxonning o'ziga qoldiradi. Asarni o'qib ko'rgach, o'zingiz ham bunga amin bo'lasiz.