#Bugun Xurshid Davron asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan.
Xurshid Davron asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan.
Xurshid Davron — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Dastlabki sheʼrlar toʻplami — „Qadrdon quyosh“ (1979). „Shahardagi olma daraxti“ (1979), „Tungi bogʻlar“ (1981), „Uchib boraman qushlar bilan“ (1983) „Toʻmarisning koʻzlari“ (1984), „Bolalikning ovozi“ (1986), „Qaqnus“ (1987) va „Bahordan bir kun oldin“ (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.