“Bugungi kunda sun’iy intellektning o‘rni va foydalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
📚“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 15-aprel kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazida AKT xizmati tashabbusi bilan xodimlar uchun “Bugungi kunda sun’iy intellektning o‘rni va foydalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
🔖Mahorat darsi zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda xodimlarning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni yangi texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.
📌Dars davomida sun’iy intellekt tushunchasi, ishlash prinsiplari va turli sohalarda qo‘llanilishi haqida ma’lumot berildi. Xususan, uning kundalik hayot, ta’lim, tibbiyot, xizmat ko‘rsatish va kutubxona tizimidagi ahamiyati misollar bilan tushuntirildi.
