"Buvim aytgan ertaklar" nomli davra suhbati tashkil etildi
Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Buvim aytgan ertaklar" nomli davra suhbati tashkil etildi
Davra suhbatning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ertaklarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi
Davra suhbat bolalarga xalq ertaklari milliy qadriyatlar va ezgulik g‘oyalari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlari sevib tinglaydigan ertak qahramonlari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Yosh avlodni milliy an'analar ruhida tarbiyalash kitob va ertaklarga mehr uyg‘otish hamda avlodlar o‘rtasidagi ma'naviy bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi
"Buvim aytgan ertaklar" davra suhbati barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi