“Buvim aytib bergan ertaklar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
📚✨ 13-avgust kuni Mo‘lkanlik mahallasidagi Safaraovlar xonadonida “Buvim aytib bergan ertaklar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida buvilar tomonidan bolalarga xalq og‘zaki ijodidan ertaklar aytib berilib, ertaklardagi ezgulik, mehr-oqibat, halollik va yaxshilik kabi insoniy fazilatlar haqida suhbatlashildi. Bolalar ertaklarni katta qiziqish bilan tinglab, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
🌿 Buvilar ertagi — avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bebaho ma’naviy merosdir.
📖 Ertak tinglagan bola — ezgulikni sevib ulg‘ayadi!