“Buyuk matematik Muso al-Xorazmiy — matematika otasi” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.
📚✨ Joriy yilning 11-sentabr kuni Sharof Rashidov tuman Yoshlar kutubxonasida “Buyuk matematik Muso al-Xorazmiy — matematika otasi” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning hayoti, ilmiy faoliyati va matematika fanining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar allomaning ilmiy merosi, algebra fanining shakllanishidagi o‘rni hamda uning kashfiyotlari bugungi fan taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Taqdimot yosh kitobxonlarda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish va ulardan ibrat olishga undadi.
📖 Ilm — insonni yuksaltiradi, buyuk ajdodlar merosi esa bizga yo‘l ko‘rsatadi