✍️David Nicholls 📚“Bir muhabbat tarixi”
✍️David Nicholls
📚“Bir muhabbat tarixi”
💌 Kitob nima haqida? 📚
“Bir muhabbat tarixi” — Emma Morley va Dexter Mayhyuning hayoti orqali sevgi, vaqt va taqdir haqida hikoya qiluvchi chuqur roman.💡
Ular 15-iyul kuni universitet bitiruv kechasida uchrashishadi va shu kundan boshlab ularning hayoti o‘zaro bog‘lanadi. Asarning o‘ziga xos jihati shundaki, har bir bob aynan shu sana — 15-iyul orqali ularning turli yillardagi hayotini ko‘rsatadi.🌴
Yillar o‘tadi, ular o‘z yo‘llarini topishga harakat qiladi, xato qiladi, yo‘qotadi va yana bir-biriga qaytadi. Bu oddiy sevgi hikoyasi emas — bu hayot, ulg‘ayish va vaqt bilan kurash haqida asar.
