Davlat bayrog'i Mustaqillik timsolidir
18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.
Shu munosabat bilan Sharof Rashidov tuman Ixtisoslashtirilgan maktabda "Davlat bayrog'i-Vatan timsoli nomli tadbir tashkil etildi hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi. Tadbirda o’quvchilar bayroq haqida sher,ashula va raqslari bilan ko’tarinki ruhda o’tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi suverenitet timsoli sifatida yosh avlodni vatanparvarlik, yuksak maʼnaviyat, milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat, ona yurtga muhabbat va sadoqat tuygʻularini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.