#Davra_suhbat #Sog’lom_tanda_sogʻlom_aql
📚 Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazida 5-30 may kunlari "Mahorat oyi-2025" loyihasi doirasida "Kutubxonada 1 kun” shiori ostida tuman umumiy oʻrta talim maktab kutubxonachilariga "Sogʻlom tanda sogʻlom aqil" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʼlib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, oʼz-oʼzini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir deb aytib o’tdilar hamda sportning shaxmat va shashka turidan bellashuv oʻtqazildi.Bellashuvda 34-maktab kutubxonachisi Xolmurodova Feruza Karimovna 1 o’rinni qo’lga kiritdi.