#Davra_suhbati #Mutolaa_qilishdan_tŏxtamang.
Joriy yilning 11-noyabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Yoshlar kutubxonasida faol kitobxonlar bilan birgalikda "Mutolaa qilishda to‘xtamang" mavzusida davra suhbati o‘tqazildi.
Bu shior har birimizni ilm, tafakkur va ma’naviyat yo‘lida tinmay izlanishga chorlaydi.
Kitob — inson tafakkurining oynasi, qalbning ozi, hayotning yo‘l ko‘rsatuvchisidir. Har bir o‘qilgan kitob bizni yangi dunyoga eltadi, tafakkurimizni kengaytiradi, fikrlash madaniyatimizni boyitadi. Mutolaa qilgan inson hech qachon yo‘ldan adashmaydi, chunki bilim unga yorug‘lik, aql unga yo‘lboshchi bo‘ladi deb aytib o‘tildi.