“Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
🌿 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Sharof Rashidov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan yozgi oromgoh mashg‘ulotlari mazmunli va qiziqarli ruhda davom etmoqda.
🏃♂️ Mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlanib, kun davomida kitobxonlik, musiqa, sport va ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.
📚 O‘quvchilar kitob mutolaasi, topishmoqlar va ma’rifiy multfilmlar orqali bilimlarini boyitib, musiqa to‘garaklarida esa o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.
🌟 “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishga xizmat qilmoqda.