“Dovyurak dono malika” kitobi taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 11-mart kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida faol kitobxonlar bilan birgalikda “Dovyurak dono malika” kitobi taqdimoti tashkil etildi. Taqdimot davomida kitob mazmuni, undagi qahramonlarning jasorati, donoligi hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida suhbat olib borildi.
O‘quvchilar asar qahramonlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Ushbu taqdimot yosh kitobxonlarning ma’naviy dunyosini boyitish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
✨ Kitob — qalbni boyituvchi, tafakkurni yuksaltiruvchi bebaho xazinadir.