Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri
Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri – Codex Leicester hisoblanadi. Bu noyob qo‘lyozma mashhur olim va rassom Leonardo da Vinci tomonidan yozilgan. 1994-yilda ushbu kitob auksionda Bill Gates tomonidan 30,8 million dollar evaziga sotib olingan.
Kitobda Leonardo da Vinchining suv harakati, Oy nuri va tabiat hodisalari haqidagi ilmiy kuzatuvlari hamda chizmalari jamlangan. Qiziq tomoni shundaki, qo‘lyozma oyna yozuvi uslubida yozilgan – uni o‘qish uchun matnni oynada ko‘rish kerak.
“Buyuk fikrlar ko‘pincha oddiy daftar sahifalarida boshlanadi”