📚“Dunyoning ishlari” ✍️O‘tkir Hoshimov
📚“Dunyoning ishlari”
✍️O‘tkir Hoshimov
💌Kitob nima haqida?💌
“Dunyoning ishlari” — o‘zbek adabiyotining eng samimiy va ta’sirli asarlaridan biri. Kitobda oddiy insonlar hayoti, oiladagi mehr, ona qadri va insoniy munosabatlar juda hayotiy tarzda tasvirlangan. Ayniqsa, asardagi ona obrazi o‘quvchining qalbiga chuqur ta’sir qiladi.
Muallif turli voqealar orqali insonlarning quvonchi, dardi, sog‘inchi va hayot tashvishlarini sodda, ammo juda ta’sirchan uslubda yoritadi. Kitobni o‘qir ekansiz, undagi voqealar sizga juda tanishdek tuyuladi.
📖Kitobdan nimalarni o‘rganamiz?📖
🤩Ota-ona mehrining qadrini.
🤩Oddiy hayot ichidagi katta haqiqatlarni.
🤩Insoniylik, mehr va samimiyatning ahamiyatini.
🤩Yaqinlarimizni vaqtida qadrlash kerakligini