📣📣 E'LON
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27 dekabrdagi "2025 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 490-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun turli tadbirlar
🏅Tanlovlar,
✈️Seminarlar,
🎤Davra suhbatlari,
📖Kitob ko‘rgazmalari,
🎥Videoroliklar,
📌Uchrashuvlar,
🏦Treninglar,
📚Kitob taqdimotlari tashkil qilinadi.
🏛Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlaga taklif etamiz.
📣Sharof Rashidov tumani axborot - kutubxona markazi Siz aziz kitobxonlarni kutib qoladi.