Ergash Boboyevning ilk "Yangi qahramon yoki hayot darsligi ” asari haqida bibliografik sharh.
📚 Joriy yilning 15-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot kutubxona markazi axborot-bibliografiya mutaxassisi Jizzaxlik yozuvchi Ergash Boboyevning ilk "Yangi qahramon yoki hayot darsligi ” asari haqida bibliografik sharh. Ushbu asar zamonaviy hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan inson qismati haqida hikoya qiladi. Asarda bosh qahramon turli sinov va qiyinchiliklarga duch kelib, o‘z irodasi, jasorati va sabr-toqati bilan ulardan o‘tadi.
Kitobda insonning ichki dunyosi, orzu-intilishlari va hayotdagi muhim tanlovlari tasvirlangan. Muallif qahramon orqali haqiqiy jasorat faqat kuchda emas, balki to‘g‘ri yo‘lni tanlash, halollik va matonatda ekanini ko‘rsatadi.
Asar o‘quvchini fikrlashga undaydi, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga chorlaydi va har bir inson o‘z hayotining qahramoni bo‘lishi mumkinligini anglatadi.Ushbu asarni oʻqishlikni tavsiya qilamiz.

