“Ertaklar” asarlari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
📚✨Joriy yilning 14-sentabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tuman Yoshlar Kutubxonasida buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkinning “Ertaklar” asarlari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida Pushkin ertaklarining mazmuni, qahramonlari va ularda aks etgan ezgulik, halollik, do‘stlik hamda yaxshilik kabi insoniy fazilatlar haqida suhbat olib borildi. Yosh kitobxonlar o‘zlariga yoqqan ertaklar va qahramonlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
📖✨ Ertaklar — bolalik xotiralarining eng go‘zal sahifalaridir! 