Ertaklar olamiga sayohat.
Joriy yilning 13-mart kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi yoshlar kutubxonasida kutubxonada 1-sinf o‘quvchilari uchun ertaklar namoyishi tashkil etildi. Monitorda namoyish etilgan qiziqarli ertaklar kichkintoylarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bolalar ertak qahramonlari bilan tanishib, voqealarni diqqat bilan tomosha qildilar. Ertaklar orqali ularga yaxshilik, do‘stlik va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar haqida tushunchalar berildi.
Bunday jarayonlar bolalarning kitob va ertaklarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.