Ertaklar yaxshilikga yetaklar
Joriy yilning 27-noyabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan Tuman 13-DMTT ga bir qancha ertak kitoblari olib borildi va bolajonlar bilan birgalikda shaxmat rombikli o'yinlar tashkil qilindi ikki guruhga ajratilib bellashuvlar tashkil etildi.
Bolajonlarimizga yangi dunyolarni ochadigan, ularni turfa tabiati qahramonlar bilan yuzlashtiradigan, umrlarining eng go'zal lahzalariga bezak beradigan ertaklarni kichiklar oldida qanchalik ma‘sulyatimiz borligini his qildik.