#Fuqarolarning_ekologik_huquqlari #Davra_suhbati.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 11-14-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy Kutubxonasi tomonidan “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Sharof Rashidov tumani Tuyoqli mahallasidagi xotin-qizlar o'rtasida fuqarolarning ekologik huquqlari haqida davra suhbati o'tkazildi. Unda fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik atrof-muhitni yaxshilash tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha tushunchalar berildi.