✍️Paulo Koelo. ⏳Alif.
📚Assalomu alaykum aziz kitobxonlar sizlarni “#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz.
✍️Paulo Koelo.
⏳Alif.
🏛Alif shunday qudratli bir mehvarki, unda jam bo‘lgan, birlashgan kishilar, parallel olamga sayohat qilishi mumkin. Ammo bu birlashuv quvvatiga har kim ham dosh bera olmaydi. Alifda bo‘lish uchun kishi o‘z nafsi, mayllari ustidan g‘olib bo‘lmog‘i darkor.
⏳Ushbu asar sufiylik, shamanlik va turli diniy ta’limotlar haqida ma’lumotlarga boy. Injil va Qurondan ham oyatlar, sharhlar keltirilgan. Unda hayotda birgina vaqt borligi, u ham bo‘lsa, hozirgi vaqt ekani aytiladi. Vaqt turg‘un emas. U mudom ilgarilaydi. Biz uning ma’lum bir nuqtasida mavjudmiz, xolos.